Super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri boksdagi faoliyatini tiklashini ma’lum qildi.
Boksga qaytishga qaror qildim, sababi super og‘ir vaznda ikkita trilogiya o‘tkazgan ilk bokschi bo‘lmoqchiman — biri Deontey Uaylder edi, ikkinchisi Derek Chisora bo‘ladi.Britaniyalik bokschi joriy yilning aprel oyida professional boksdagi faoliyatini tugatishini ma’lum qilgandi.Har doim faoliyatimning so‘ngida Chisora bilan jang qilishni xohlashimni aytganman. Yana rekordlarni uramiz va namuna bo‘lishga arzigulik ko‘rsatkich qayd etamiz.
Tayson Fyuri, bokschi
Fyuri shu vaqtga qadar Uaylderga qarshi uchta jang (2018, 2020, 2021-yillar) o‘tkazgan. Dastlabki jang durang bilan yakunlangan, keyingi ikkitasida Tayson nokaut bilan g‘alaba qozongan.
Chisora bilan esa 2011 va 2014-yillarda ringga chiqib, ularning ikkisini ham o‘z foydasiga hal qilgan.
Izoh (0)