Qashqadaryo viloyatida fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan tovlamachi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro D.U. boshqa bir fuqaro Z.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 3 000 AQSH dollari talab qilib, 500 AQSH dollari va 4 dona tilla taqinchoqlarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Izoh (0)