Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 5-avgust kuni aliment pulini undirish uchun borgan MIB xodimi pichoqlandi.
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, MIBning tuman bo‘limi ijrochisi “Qutlug‘obod” mahalla fuqarolar yig‘inining Kaltatoy qishlog‘ida yashovchi fuqarodan shu qishloqda istiqomat qiluvchi sobiq turmush o‘rtog‘ining bir nafar voyaga yetmagan farzandi foydasiga 15 million so‘m aliment pullarini undirish bo‘yicha sud ijro hujjatiga asosan ikki hamkasbi bilan borgan.
Mast holatda bo‘lgan xonadon egasi aliment pullarini bermaslik maqsadida janjal ko‘tarib, qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan xizmat vazifasini bajarayotgan MIB xodimi tanasiga bir necha marotaba urib, jarohat yetkazgan.
Oqibatda jabrlanuvchi qorin bo‘shlig‘ining chap va pastki qismi, ko‘krak qafasining chap biqin sohasi hamda chap yelka sohalariga sanchilib kirgan jarohati tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida uning hayoti saqlab qolingan.
Izoh (0)