Toshkentning dehqon bozorlari 2021-yilgi moliyaviy natijalarni e’lon qildi. “Daryo” ular bilan tanishib chiqdi.
Eng ko‘p foydani “Aviasozlar” (xalq orasida “Kadisheva” nomi bilan mashhur) bozori oldi — 4,2 milliard so‘m.
Ikkinchi o‘rinda “Qo‘yliq bozori” – 3,8 milliard so‘m. Uchinchi o‘rinda “Mirobod bozori” (xalq orasida “Gospitalniy” nomi bilan mashhur) – 2,7 milliard so‘m.
“Yunusobod bozori” 2,1 milliard so‘m, “Farhod bozori” 1,5 milliard so‘m, “Eski jo‘va bozori” 1,2 milliard so‘m, “Navro‘z bozori” 1,1 so‘m sof foyda oldi.
“Oloy dehqon bozori”ning sof foydasi 230 million so‘m, “Askiya dehqon bozori”niki esa 174,9 million so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq O‘zbekistonda qaysi bank eng daromadli bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)