• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Bo‘yni yirtilgan, oyog‘i singan: Suratga olish jarayonlarida jarohat olgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    Kinofilm, video, ko‘rsatuvlar jarayonlari va yoki turli xil tryuklarni bajarish har doim ham ko‘ngildagidek natija bermaydi. Bu jarayon davomida turli xil jarohatlarni olish ham mumkin. O‘zbek shou-biznes olamida kasbiy faoliyati sabab turli xil jarohat olgan mashhurlar aynan shunga misol bo‘la oladi. “Daryo” nashri kasbiy faoliyati davomida turli xil jarohatlarni olgan mashhurlar haqida ma’lumot beradi.

    Bahora Arslonova 

    Aktrisa Bahora Arslonova “Mardikor ayol” serialining suratga olish jarayonida yiqilib boshidan jarohat olgan. U serialda yiqilib tushishi kerak bo‘lgan sahnada ishtirok etgan. Suratga olish jarayonidan keyin aktrisa haqiqatan ham yiqilganida yomon ahvolga kelganini aytgan.

    Botir Imomxo‘jayev

    Aktyor, teleboshlovchi Botir Imomxo‘jayev klipga suratga tushayotgan vaqtda to‘satdan oyog‘i sirpanib yuztuban yiqilgan va jarohat olgan. Ikrom Ali boshchiligida suratga olinayotgan klipda u aktrisani quvlagan va shundan keyin bu holat yuz bergan. Aktyor suratga olish jarayonlaridan so‘ng sog‘lig‘i haqida hech qanday ma’lumot bermadi.

    Yigitali Mamajonov

    Aktyor Yigitali Mamajonov “Esimda yo‘q” filmining suratga olish jarayonida tryuk bajarayotgan vaqtda yiqilib tushgan. U faoliyati davomida bundan ham yomon jarohat olishi mumkin bo‘lgan tryuklarni bajarganini aytgan.

    Bundan tashqari u yana bir suratga olish jarayonida jarohatlanganini ma’lum qilgan edi. “Suratga olish ishlari oson emas. Anchadan beri jarohat olmagan edim, bo‘lib turadi”, — deydi aktyor.

    Sitora Farmonova 

    Aktrisa Sitora Farmonova “Baykonur” filmida yiqilib tushib og‘ir jarohat olgan. Bu haqda uning onasi Zamira Farmonova “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

    “Qizim Setora nemis rejissori suratga olayotgan “Baykonur” filmida suratga tushgan. Juda yaxshi rol o‘ynagan. Kinoning suratga olish jarayonida atrofiga marmar terilgan suzish havzasiga nimadir bo‘lib yiqilib tushgan. Shundan keyin uning bo‘yni yirtilib ochilib qolgan. Shifokorga olib borishgan, tikamiz deyishgan.

    Rejissor esa tikish mumkin emas, bu qiz bizda rol o‘ynayapti, har bir kunimiz belgilangan uning jarohati qachon bitadi deb kuta olmaymiz degan. Tikishga ruxsat bermagandan keyin qizim mototsilkni ijaraga olib shifokorga o‘zi borib davolangan.

    Rol o‘ynab bo‘lgandan keyin uyga keldi, shunda qarasam bo‘ynida bint bor. Bo‘yningga nima qildi desam, hech narsa dedi. Ko‘rsatmaguncha qo‘ymadim, keyin qarasam 3-4 sm joy yirtilib ochilib qolgan. Shunda shifokorlar shukr qiling, bu jarohat bilan tirik qolish kamdan-kam uchraydi degan.

    O‘shanda shu ahvolda bo‘lsa ham suratga olish jarayonlarining oxirigacha ishtirok etgan. Eslasam  yig‘layman, juda yomon bo‘lib ketaman, onaga qiyin”, — deydi aktrisaning onasi.

    Bundan tashqari, aktrisa Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” o‘yini jarayonida ham qattiq yiqilganini yodga oladi.

    “Sahnaga chiqqanimizda butun tanam bilan orqaga qarab yiqilib ketganman. Butun zaldagi tomoshabinlar qo‘rqib ketishgan. Hatto Maslyakov ham xavotirga tushgan. Shunda zo‘rg‘a o‘zimni tutib, joyimdan turganimda jamoamiz sardori ‘O‘zingni qo‘lga ol, faqat yig‘lab yuborma’, deganida ko‘z yoshlarimni tiyib, yuzimni qo‘lim bilan yashirib olganman. Suratga olish ishlari tugaganida esa sahna ortiga o‘tib, og‘riqdan rosa yig‘laganman”, — deydi aktrisa.

    Zilola G‘ulomova

    Zilola G‘ulomova “Zebo” serialining suratga olish jarayonida ehtiyotsizligi sabab oyog‘ini sindirib olgan.

    “Azizlar, bu piar ham, suratga olish jarayonlari uchun ham qilingan emas. Bu videoni qo‘yishimning o‘ziga yarasha sabablari bor, chunki hozirgi kunda har bir qilayotgan ishingizni, aytayotgan gapingizni isbotlab bermasangiz qiyin. Mayli, hech qisi yo‘q. ‘Zebo’ serialining suratga olish jarayonida ehtiyotsizligim sababli oyog‘im toyib yiqilib tushdim. Yaxshilikka, hammasi yaxshi, endi o‘rganamiz, xafa bo‘lish, chekinish yo‘q”, — deydi aktrisa.

    Nigina Anorboyeva

    Nigina Anorboyeva Hosila Rahimovaning “Qurya-qur” klipining suratga olish jarayonida iyak qismidan qattiq jarohat olgan. Aktrisa mingan ot juda hurkak bo‘lgan, ijodkorlar bu haqda uni ogohlantirgan. Shunga qaramay aktrisa otdan qo‘rqib uni hurkitgan, ot esa uni uzoq masofaga olib ketgan va bir joyda to‘satdan to‘xtab aktrisani irg‘itib yuborgan. Natijada aktrisa otdan qattiq yiqilgan va uning iyak qismi jarohatlangan.

    Parizoda

    Raqs san’atida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqqosa Parizoda to‘y xizmatlarining birida boshi aylanishi sababli yiqilib tushgan. Bu kabi holatlar Parizodaning kasbiy faoliyati davomida bir necha bor takrorlangan.

    Feruza Normatova

    Instabloger, aktrisa Feruza Normatova 2021-yilda Turkiyaga sayohatga borgan va u yerda video olayotgan vaqtda oyog‘i sirpanib yiqilib tushgan. Keyinroq aktrisa ahvolining yaxshi ekani haqida muxlislariga ma’lum qilgan.

    Mavzuga doir:

    • Bonu, Afsona, Diyor Mahkamov va boshqa san’atni tark etgan mashhurlar bugun nima ish bilan band? (video)
    • Ukrain, rus, qozoq va eroniy — o‘zga millat vakili bo‘lsa-da, sof o‘zbek tilida ijod qilayotgan mashhurlar (foto)
    • Ruslan Sharipov, Husniddin Xoliqov va qo‘shiqlari farzandlari tomonidan qayta kuylangan boshqa marhum san’atkorlar (video).
    • Hamon oila qurmay, oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video).

    09.08.2022, 11:35   Izoh (0)   22206
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Feruza Normatovaga qozonkabob tayyorlagan Shahzod Sultonov, Mehriddin Rahmatov xonadonida to‘y, Ziyodadan yangi qo‘shiq

    08.08.2022, 22:33

    Aktrisa bo‘lishni istamagan, baxtini ikkinchi turmushidan topgan, mashhur xonandaning nevarasi Shahzoda Matchonova 35 yoshda (foto, video)

    08.08.2022, 16:33

    Gangnam Style xiti bilan millionlab dollar ishlab topgan, keyin esa ko‘rinmay ketgan koreyalik qo‘shiqchi PSY hozir nima bilan band? (foto)

    08.08.2022, 14:51

    Taqdir sinovi: turmush o‘rtog‘i tomonidan xiyonatga uchragan Gollivudning mashhur ayollari (foto)

    08.08.2022, 13:48

    San’atni tark etganini aytgan, biroq ma’lum muddatdan so‘ng yana ijodga qaytgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    08.08.2022, 11:49

    Instagram: Do‘stiga o‘zini “sovg’a qilgan” Mitti.me, dunyoni zabt etish ilinjidagi Kaniza, “Qodirxon” seriali aktyori unashtirildi

    07.08.2022, 22:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxorodagi bog‘chada uch yoshli bola tok urishidan vafot etdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:45

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    “Xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:29

    Farg‘onada qaynuka pochchasini ketmon bilan o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:20

    Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubidan taklif oldi — insayder

    Sport | 19 iyun, 19:16

    Xonanda Shakira AQSHdagi migrantlarning og‘ir ahvoli haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 19:00

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:00

    Toshkentda ikkinchi xotinining 11 yashar qizini zo‘rlab kelgan blogerga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.