Madridning “Real” klubi sobiq yarim himoyachisi Isko faoliyatini “Sevilya”da davom ettiradi.
30 yoshli futbolchi andalusiyaliklar klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Sevilya” matbuot xizmati ma’lum qildi. Kelishuv tafsilotlari hozircha noma’lum.
Isko 2022-yilning iyunida “Real”ni erkin agent maqomida tark etgandi.
Isko “Malaga” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2013-yilda “Real” safiga o‘tgandi. Madridliklar bilan futbolchi 19 ta sovringa ega chiqdi.
Izoh (0)