Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining qoldirilgan 11-tur o‘yinida “Paxtakor” va “So‘g‘diyona” o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvda 2:2 hisobida durang natija qayd etildi. O‘yindan so‘ng “sherlar” ustozi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Bilasizmi, biz bunday quruq va suv sepilmagan maydonda o‘zimiz xohlagan, Yevropa darajasidagi futbolni ko‘rsata olmaymiz. Hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman, lekin shunga majbur bo‘lyapmiz. Negadir ikki o‘yindan beri aqlga sig‘maydigan ishlar sodir bo‘lmoqda. Ko‘rib chiqib, muhokama qilib olamiz.Uchrashuvning 52-daqiqasida hakam “Paxtakor” futbolchisi Odiljon Hamrobekovga qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. O‘yin oxirida esa hakam “sherlar” futbolchisi o‘z jarima maydonida qo‘l bilan o‘ynadi deb topdi va VARga murojaat qildi. Natijada toshkentliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. “So‘g‘diyona” ushbu standart vaziyatni golga aylantirib, durang natijaga erishdi.Siz O‘zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionatiga borishini xohlaysiz, buni kutib qarib ketasiz. Futbolga bo‘lgan bunday munosabat hamda bu chempionat bilan mundialni ancha kutishingizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun buni orzu ham qilmang.
Maksim Shatskix, “Paxtakor” bosh murabbiyi
Izoh (0)