Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan 1 bosh erkak Buxoro bug‘usini ovlaganlar 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Respublika ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 23-fevral kuni Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududida Beruniy tumani “Oltinsoy” va “Biybazar” OFYlarida yashovchi fuqarolar A.Sh. va Q.M. “Qizil kitob”ga kiritilgan 1 bosh erkak Buxoro bug‘usini noqonuniy ravishda ovlagani aniqlangan. Holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishliligi yuzasidan Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘tkazilgan.
Prokuratura tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilgan va sud organiga yuborilgan. Sud jarayoni 28-iyun kunida yakunlanib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tumani sudi tomonidan hukm o‘qilgan.
Hukmga ko‘ra, A.Sh va Q.Mga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 2-qismining “a”, “b” bandlari va 3-qismining “j” bandi bilan 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, shuningdek, hayvonot dunyosiga keltirilgan jami 81 million so‘m zarar Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati foydasiga undirishga qaratilgan.
Izoh (0)