“O‘zgidromet” respublika bo‘yicha 5—7-avgustga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, juma va dam olish kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat foni me’yoriy qiymatlardan biroz yuqori bo‘lib, kechalari 20-25 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja atrofida bo‘ladi.
Faqat O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida ushbu kunlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Izoh (0)