• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi taqiqlanadi” — Konstitutsiyaviy komissiya eksperti

    Xalqimiz tomonidan qizg‘in muhokama qilinayotgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo‘lishini ta’minlash, “Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” tamoyilini, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini mustahkamlash kabi masalalar alohida e’tiborga olinmoqda. Bu esa xalqimiz, ayniqsa, tomorqa yer egalari, ishbilarmon doira vakillari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotir.

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    Mulkdor huquqlarining himoyasini ta’minlash masalalariga xalqaro huquqiy-hujjatlarda ham alohida e’tibor qaratilgan. Masalan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 17-moddasida “Hech kim zo‘ravonlik bilan o‘z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas”, shuningdek, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya 1-son bayonnomasining 1-moddasida ham “Jamiyat manfaatlari va qonunda nazarda tutilgan shartlardan va xalqaro huquqning umumiy tamoyillardan tashqari hech kim o‘z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas” deb ko‘rsatilgan.

    Xuddi shunga o‘xshash norma Avstriya, Xorvatiya, Rossiya, Ruminiya kabi mamlakatlar konstitutsiyalarida ham nazarda tutilgan.

    Xalqaro andozalar va ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib Konstitutsiyamiz maxsus norma bilan to‘ldirilmoqda (531-modda.) Unga ko‘ra hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-iyun kuni konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvidagi ma’ruzasida “Rivojlangan davlatlardagi kabi, shunday tartib o‘rnatilishi lozimki, mulkdor sud qarorisiz, o‘zining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz, mulkidan mahrum etilmasin” deb ta’kidlab, mamlakatimizda mulkdor huquqlarini himoya qilish borasida fundamental o‘zgarishlarga tamal-toshi qo‘yildi.

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    O‘z mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi bir vaqtning o‘zida insonning asosiy huquq va erkinliklaridan biri hisoblanadi hamda boshqa huquqlarini amalga oshirish imkonini beruvchi moddiy asos vazifasini ham o‘taydi.

    Jamiyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarining barqarorligi nafaqat sohaviy qonunchilikning mukammallik darajasiga, balki eng muhim iqtisodiy huquqlarining, avvalambor mulk huquqi daxlsizligining konstitutsiyaviy kafolatlarining qanchalik samarali bo‘lishiga bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, mazkur norma endilikda milliy konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish jarayonida mulkdor manfaatlarining ustuvorligi tamoyilining to‘laqonli ta’minlash – davlatimiz siyosatining eng ustuvor vazifasiga aylanashini anglatadi.

    Huquqiy demokratik davlatning eng muhim vazifalardan biri mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash hamda mulkdor huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish uchun zarur iqtisodiy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Ta’kidlash lozimki, Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ham mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklashga yo‘naltirilgan bir qator tizimli vazifalar ham belgilanganligini alohida qayd etish lozim.

    Kiritilayotgan qo‘shimcha bilan hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emasligini belgilanishi o‘ta muhim ahamiyat kasb etib, mulkdor huquqlari himoyasini sifat jihatida yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

    Mamlakatimiz sud tizimini xalqimizga yanada yaqinlashtirish, fuqarolarimizning huquqi va erkinliklarini samarali himoya qilish maqsadida uning faoliyatini soddalashtirish, ochiqlik va shaffolik tamoyillarini keng joriy etish borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasi o‘laroq mulk egalarining buzilgan huquqlarini sud orqali himoya imkoniyatini ham kengaytiradi. Majburiy ravishda mulkidan mahrum etilishi ustidan bunday tarzda sud nazoratining o‘rnatilishi mulkning daxlsizligi prinsipiga rioya qilish maqsadida belgilangan konstitutsiyaviy kafolatlarni ta’minlaydi.

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    Sir emas, uzoq yillar davomida xususiy mulkni himoya qilish bo‘yicha qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotidagi ayrim bo‘shliq va kamchiliklar, xususan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini amalga oshirish va himoya qilishga doir turli cheklovlarning mavjudligi, mol-mulk davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan taqdirda munosib kompensatsiya miqdorini belgilash va to‘lashdagi ovoragarchiliklar aholimizga noqulayliklar tug‘dirayotgan edi.

    Shu nuqtayi nazardan, kiritilayotgan o‘zgarishlarning ikkinchi qismi mulkdordan mol-mulkni majburiy ravishda olib qo‘yish shartlari va tartibini aniq belgilashi orqali uning huquqlarini himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Bunda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan eng muhim jihatlari quyidagilardir: birinchidan, mol-mulk faqat jamoat ehtiyojlari uchun majburiy olib qo‘yilishi mumkin, ikkinchidan, olib qo‘yilayotgan mol-mulk uchun oldindan va uning qiymatiga mos ravishda kompensatsiya to‘lanishi zarur.

    Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda bu masalada jiddiy ijobiy siljishlar boshlanganligini qayd etish o‘rinli. Bunga yaqqol misol sifatida joriy yil 29-iyunda O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida qonuni qabul qilinishini misol keltirish mumkin. Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi hamda ushbu yer uchastkasi, unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun kompensatsiya berish tartib-taomillari batafsil ravishda mulkdor manfaatlari ustunligi pozitsiyadan belgilanganligini alohida qayd etish o‘rinli. Shuningdek, yer uchastkalarining kompensatsiya evaziga olib qo‘yilishiga asos bo‘ladigan holatlarning ro‘yxati aniq qilib ko‘rsatilib, har qanday boshqa maqsadlarda olib qo‘yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sifatida talqin etish qat’iyan ta’qiqlanganligi ham xususiy mulk daxlsizligi va mulkiy munosabatlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

    Qonunning 4-moddasiga binoan “Yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda kompensatsiya evaziga olib qo‘yish jamoat ehtiyojlari deb e’tirof etiladi:

    • mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish;
    • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
    • foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazib olish (bundan keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari mustasno);
    • respublika ahamiyatiga hamda mahalliy ahamiyatga molik avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini hamda aviatexnika markazlarini, temir yo‘l transporti obyektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika va aloqa tizimining muhandislik obyektlari hamda tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
    • tasdiqlangan aholi punktlari bosh rejalarining obyektlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurishga oid qismini bajarish;
    • davlat investitsiya dasturlarida ko‘rsatilgan davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining binolari hamda inshootlarini markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan qurish nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish”.
    Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qo‘yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sifatida talqin etish taqiqlanadi. Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 29.06. e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

    Bahodir Ismoilov, Konstitutsiyaviy komissiya eksperti yuridik fanlari doktori, professor

    04.08.2022, 12:01   Izoh (0)   8065
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

    04.08.2022, 11:54

    “Qarzlarni samarali boshqarish tizimi kuchaytiriladi” – Senat “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

    04.08.2022, 11:30

    Toshkent xalqaro aeroportida bojxona nazoratidan o‘tish tartibi yanada soddalashtirildi

    04.08.2022, 11:26

    O‘zbekiston TIV Tayvan atrofidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

    04.08.2022, 11:13

    Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i ishdan olindi, yana bir xodimga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    04.08.2022, 11:04

    Surxondaryoda Damas 83 yoshli piyodaning umriga zomin bo‘ldi (video)

    04.08.2022, 10:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.