Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda yil boshidan buyon qalbaki pul yasash va o‘tkazish bilan bog‘liq 23 ta jinoyat fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning o‘tgan davrida xorijiy valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishi bilan bog‘liq 245 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, natijasiga ko‘ra 167 ta jinoiy hamda 78 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atilgan.

Huquqbuzarlardan davlat foydasiga 433,2 ming dollar, 1,1 million rubl, 702,2 ming qozoq tengesi va 1,2 milliard so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Qalbaki pul yasash va o‘tkazish bilan bog‘liq 23 ta jinoyat fosh etilib, 135 million so‘mlik hamda 53,2 ming dollarlik qalbaki banknotlarni erkin muomalaga kiritilishining oldi olingan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlarni qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq 8 ta jinoyat fosh etilib, huquqbuzarlardan 730,2 million so‘mlik 4,6 kilogramm qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Ajoyib sujet va yuqori reytingga ega bo‘lsa ham tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan 2022-yilda chiqqan ajoyib multfilmlar
Mahalliy
Kechikkan sovg‘a: Jizzax viloyati hokimligi 28-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga atab 465 mln so‘mlik tender o‘tkazdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi