Toshkent shahri Mirobod tumanidagi ko‘chmas mulk binosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,11 gektar. Binoning maydoni — 1242 kvadrat metr. Binoda suv, elektr, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
1994-yilda qurilgan ushbu bino 2 qavat, 22 ta xonadan iborat.
Lot izohida yozilishicha, yer maydoni ijara huquqi bilan savdoga qo‘yilgan. Unda noqonuniy qurilish ham bor. Shuningdek, 527 kvadrat metrlik yerto‘la mavjud.
Auksionga qo‘yilgan binoning boshlang‘ich bahosi — 38 mlrd so‘m. Arizalar 29-avgust 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi mehmonxona 13,9 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)