Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi hovli kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
2020-yilda qurilgan 8 xonali hovli auksionga “Ipoteka bank” tomonidan qo‘yilgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,08 gektar. Binoning maydoni — 179 kvadrat metr. Hovlida suv, gaz va elektr ta’minoti bor. Kanalizatsiya tizimi mavjud emas.
Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi — 1,1 mlrd so‘m. Arizalar 26-avgust 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkent viloyatidagi “Piramida” dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotilgan edi.
Izoh (0)