Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi bo‘sh turgan bino va inshootlar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joylashtirilgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 1,3 gektar. Binoning maydoni — 3468,1 kvadrat metr. Unda suv, elektr ta’minoti mavjud. Gaz, kanalizatsiya tizimi esa yo‘q.
Auksionga qo‘yilgan binolarning boshlang‘ich bahosi — 8,7 mlrd so‘m. Arizalar 8-avgust 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi ko‘p qavatli uy MIB tomonidan 14 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)