Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik MMA jangchisi Zubayra Tuxugovning keyingi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Tuxugovning keyingi raqibi Lukas Almeyda bo‘ladi. Jang 22-oktabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 280 doirasida bo‘lib o‘tadi.

Turnirning asosiy janggi yengil vazn toifasidagi Islom Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasida kechadi. Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Pyotr Yan ham ushbu turnirda amerikalik Shon O’Melliga qarshi oktagonga chiqadi.

Avvalroq Tuxugovning UFC Vegas 59 doirasidagi Neyt Landverga qarshi janggi bekor bo‘lgani xabar qilingandi. Bunga rossiyalik sportchining Amerika vizasi bilan bog‘liq muammoga duch kelgani sabab bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda uy yonib ketib, bir oilaning 5 a’zosi halok bo‘ldi
Mahalliy
Samarqandda 2 mast fuqaro janjallashib, biri ikkinchisini urib o‘ldirdi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar