“O‘zgidromet” 22-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
22-iyul kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel–suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 40–45 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 47 darajagacha bo‘ladi.
Toshkentda havo quyoshli bo‘ladi. Maksimal harorat 41–43 darajaga yetadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda shamol 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30–35 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)