Neft narxi global talabning zaiflashuvi va Liviyada xom neft ishlab chiqarishning bir qismi qayta tiklanishi tufayli tushib ketdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Brent nefti fyucherslari 1,02 dollarga tushib, bir barrel uchun 102,84 dollarni tashkil qildi.
Markaziy banklar pandemiya davrida o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun qabul qilgan pul-kredit siyosatini keskin ravishda bekor qilganidek, global iqtisodiyotning o‘sishi ham jiddiy sekinlashishi mumkin.
Iqtisodiy jabhada vaziyat hali ham salbiy va biz neft uchun tizimli tanqislikdamiz, — dedi SPI Asset Management kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Stiven Innes.
Liviya shu hafta boshida bir qancha neft konlarida ishlab chiqarishni qayta boshlaganidan keyin ta’minot haqidagi qo‘rquvlar biroz pasaygan edi.
Liviyada ishlab chiqarish tiklanmoqda, ammo poytaxtdagi to‘qnashuvlar sabab bu jarayon qancha davom etishini hech kim bilmaydi, — dedi UBS tahlilchisi Jovanni Staunovo.
Avvalroq Liviyada nima sababdan neft ishlab chiqarish hajmi kamayib ketgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)