Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Yangi o‘quv yili uchun yagona formani maktablarning o‘zida tashkil qilinadigan yarmarkalarda sotuvga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Ota-onalar va mutaxassislar fikrlarini inobatga olgan holda maktab formasining shakli tasdiqlangan. Bugungi kunda yagona formani nafaqat bozordan sotib olish, balki ota-onalar o‘zi xohlagan tikuvchiga belgilangan tartibdagidek tiktirishi mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Olmazor, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida joylashgan maktablardagi maktab formasi yarmarkasiga tashkil etilgan press-tur davomida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

“Davlat umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan temir daftar, ayollar va yoshlar daftariga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandi tekinga maktab formasi bilan ta’minlanadi. Hozirda ro‘yxatlar shakllantirilyapti, yangi o‘quv yili boshlangunga qadar maktab formasi bilan ta’minlash ishlari amalga oshiriladi”, — deydi Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi mas’ul xodimi.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Qayd etilishicha, shu kungacha 100 dan ortiq maktab formasi nusxalari tavsiya etilgan, ularning ichidan saralangach, mana shu formalarda to‘xtaldi.

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sport
Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti