Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 20-iyul kuni Cho‘lponota shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston rahbari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Avvalroq — 14-iyul kuni ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bo‘lib o‘tgan muzokaralar to‘g‘risidagi fikrlari bilan bo‘lishib, O‘zbekiston bu mamlakatning muhim siyosiy hamkori ekani qayd etilgan.
Muzokaralarda mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlarining muhim ahamiyati qayd etilgan.
Izoh (0)