Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning iyun oyida pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari may oyiga nisbatan o‘rtacha 1,7 foizga arzonlashdi.
Unga ko‘ra, o‘tkazmalar uchun haq to‘lash xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 1,2 foizga oshgan. Bu narxlar 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda, ya’ni bir yilda o‘rtacha 3,5 foizga oshgani kuzatilgan.
Boshqa moliyaviy xizmatlar narxlari 2022-yilning iyun oyida may oyiga nisbatan o‘rtacha 0,8 foizga arzonlashgan.
Izoh (0)