• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston soliq islohotida qanday xatolarga yo‘l qo‘yilgan?

    Valyuta va soliq sohasidagi o‘zgarishlar iqtisodiy rivojlanishning samarali mexanizmini, qonunga itoatkor, bunyodkor, ijtimoiy mas’uliyatli tadbirkorlik subyektlari uchun yetarlicha qulay shart-sharoitlarni yarata olgani yo‘q.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Soliq islohotlari jarayonida bir samarasiz tizim boshqa samarasiz tizimga almashtirildi xolos.

    Yuqori iqtisodiy boshqaruv organlar – Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankning xatti-harakatlari natijasi “hammasi tezda o‘zgardi, lekin barchasi eskicha qoldi” degan gapni eslatadi.

    Soliqda qulayliklar yaratishga qaratilgan raqamli dasturlar soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish vositasi emas, balki faqat budjetning prognoz ko‘rsatkichlarini ta’minlash vositasi sifatida qo‘llanayotgandek.

    Buning oqibatida soliq idoralari va tadbirkorlar o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.

     

    Ko‘p chakana savdo nuqtalarida naqd pul bilan muomala qilish hali ham sotuvchilar uchun to‘lovning “yoqimliroq” shakli bo‘lib kelmoqda. Bozorlarda hali ham “dollar, tilla olamiz” degan chaqiriqlar davom etmoqda.

    Soliq islohoti jarayonida jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Yangi Soliq kodeksi kuchga kirgan kun — 2020-yil 1-yanvardan boshlab hisoblansa, soliq islohotining uchinchi yili ketmoqda.

    Shu paytgacha yo‘l qo‘yilgan xatolar anglab yetilmadi, tan olinmadi, aksincha, bu xatolar yutuq sifatida ko‘rsatilayotgani yanada tashvishliroq.

    Yo‘l qo‘yilgan xatolarning birinchisi — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining bir tekis (yassi) past stavkasini joriy etish bo‘ldi.

    2018-yilga qadar mamlakatda ish haqi soliqlarining progressiv (o‘sib boruvchi) shkalasi amal qilgan. 2018-yil uchun u quyidagicha edi:

    2018-yilgacha hatto EKIHning 1 baravari miqdoridagi soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdor ham amal qilgan. Ammo bu formal, ya’ni nomigagina xolos.

    Daromad solig‘idan tashqari, jismoniy shaxslarning barcha daromadlaridan Pensiya jamg‘armasiga 8 foiz miqdorida sug‘urta badallari ham to‘lanishi kerak edi.

    Shu tariqa, daromad solig‘ining progressiv stavkalari 8 foiz, 15,5 foiz, 24,5 foiz va 30,5 foiz bo‘lib, soliqqa tortilmaydigan minimal miqdor amalda yo‘q edi.

    Bunday progressiv shkalada kichik korxonalar uchun 15 foiz va yirik korxonalar uchun 25 foiz miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovi bo‘lgan.

    Xodim oyiga qo‘liga 1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha maosh olganda kichik korxonalarda 385 ming so‘mdan 548 ming so‘mgacha, yirik korxonalarda esa 506 ming so‘mdan 682 ming so‘mgacha soliq to‘lashga to‘g‘ri kelgan.

    Bu holat biznesni tobora “soyaga chiqishga”, ya’ni yashirin faoliyat olib borishga undar edi.

     

    2019-yildan keskin yengillik yuz berdi: yassi, ya’ni ish haqi miqdoridan qat’i nazar, hamma uchun bir xil 12 foizlik daromad solig‘i stavkasi va barcha korxonalar uchun 12 foizlik yagona ijtimoiy to‘lov o‘rnatildi.

    Shu bilan birga, ishchi qo‘liga oladigan 1 000 so‘m uchun bor-yo‘g‘i 273 so‘m mehnat soliqlari to‘lanadigan bo‘ldi.

    Daromad solig‘ining 12 foizlik yassi past stavkasining joriy etilishi “qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish”ga teng bo‘ldi.

    Bunda kam maosh oladiganlar oz, yuqori maosh oladiganlar esa anchaniga naf ko‘rishdi:

    • 1 mln so‘m olgan shaxsning daromad solig‘i 2 foiz punktga kamaygan, u 19 795 so‘m yutgan;
    • 2 mln so‘m oylik daromad oladigan ishchi to‘laydigan soliq 7,2 foiz punktga, uning soliq summasi 143 577 so‘mga kamaydi;
    • 3 million so‘m oluvchida soliq 9 foiz punktga pasaydi, u qo‘liga 268 567 ming so‘m ko‘proq oladigan bo‘ldi.

    Ishchi-xodimlarning ish haqiga solinadigan yuqori soliqlar muammosi eng kam iste’mol savati (yashash minimumi) qiymatiga yaqin soliq solinmaydigan minimumni joriy etish va yuqoriroq stavkalarni qo‘llash uchun chegara darajalarini oshirish orqali hal qilinishi kerak edi.

    Masalan, quyidagi shkalani kiritish mumkin edi:

    Bu mumkin bo‘lgan variantlardan biri.

    Daromad solig‘i to‘lovchilar – ishchi-xodimlar ish haqining tabaqalanish darajasini batafsil tahlil qilish asosida va budjet daromadlarining umumiy darajasini saqlab qolish zaruratini hisobga olgan holda chegaraviy miqdor va stavkalar yuqori yoki past tomonga biroz o‘zgartirilishi mumkin.

    Bunday tahlil qilish uchun Moliya vazirligining mamlakat davlat budjeti ijrosining dastlabki natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarkibida e’lon qilinadigan ko‘rsatkichlar qiziqish uyg‘otadi.

    Ushbu ma’lumotlarda daromad solig‘i to‘lovchilar umumiy soni va ularning ish haqi darajasiga qarab guruhlarga bo‘linishi ko‘rsatilgan.

    Xususan, 2021-yil noyabr oyida, ish haqi solig‘ini to‘lovchilar soni 4,68 mln kishini tashkil etdi.

    Shu jumladan, oylik ish haqi miqdori:

    • 1 mln so‘mgacha – 1,61 mln kishi;
    • 1 mln so‘mdan 2 mln so‘mgacha – 1,13 mln kishi;
    • 2 mln so‘mdan 4 mln so‘mgacha – 1,15 mln kishi;
    • 4 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha – 268,4 ming kishi;
    • 5 mln so‘mdan ortiq – 513,2 ming kishi olishi ma’lum qilingan.

    Ushbu ma’lumotlarga yuqoridagi progressiv shkalani qo‘llagan holda hisob-kitob amalga oshirilganda quyidagilar hosil bo‘ladi:

    • soliq to‘lovchilarning aksariyatida soliq kamayib, ularning 34,5 foizi umuman daromad solig‘idan ozod bo‘lar edi;
    • 54,5 foizida soliq yuki kamaygan hamda faqatgina 11 foizida daromad solig‘i oshgan bo‘lar edi.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng katta maosh oluvchi guruhning o‘rtacha oylik ish haqi taxminan 8,422 mln so‘mni tashkil qilgan.

    Progressiv shkalaning ko‘rib chiqilgan variantida ushbu guruh bo‘yicha amaldagi stavka 12 foizdan 20 foizgacha, soliq summasi esa 646 ming so‘mni tashkil qiladi.

    Eng katta maosh oladiganlarda daromad solig‘ining bunday o‘sishi haqida nima deyish mumkin?

    Birinchidan, ushbu guruh vakillari uchun bunday o‘sish unchalik katta ahamiyatli yo‘qotish emas — ularning daromadi baribir aksariyat ish haqi oluvchilarnikidan bir necha barobar kattaligicha qoladi.

    Ikkinchidan, va eng muhimi, 2019-yildan boshlab bunday progressiv shkala joriy etilganda barcha yutgan bo‘lar edi.

    Hatto eng katta maosh oladiganlarda ham daromad solig‘i sezilarli darajada kamayar edi. Masalan, 20 mln so‘m olgan shaxs uchun soliq stavkasi 29,4 foizdan 25,3 foizga – 817 ming so‘mga kamaygan bo‘lar edi.

    Boshqa mamlakatlarda vaziyat qanday?

    Aksariyat mamlakatlarda ish haqiga progressiv soliq stavkasi qo‘llaniladi ya’ni ish haqi oshishi bilan soliq stavkasi ham oshadi.

    Bunda oshirilgan stavka butun miqdorga emas, balki muayyan summadan oshgan miqdorga nisbatan qo‘llaniladi.

    Maksimal daromad solig‘i stavkasi Germaniyada 45 foiz, Yaponiyada 50 foiz, AQSHda 39,6 foiz, Xitoyda 31,5 foiz, Avstraliyada 45 foiz, Eronda 35 foizni tashkil etadi.

    Yassi stavkani qo‘llaydigan mamlakatlar soni barmoq bilan sanarli darajada kam. Ular orasida Qozog‘iston va Rossiya ham bor, bu mamlakatlarda progressiv shkalaga o‘tish yoki uni bir tekisda saqlash masalasi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

     

    O‘zbekistonda kambag‘allik mavjudligi tan olingan. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maxsus vazirlik ham bor.

    Shu bilan birga, aholi daromadlar bobida tabaqalanib, o‘ta boylar guruhi shakllanib borayotgani ham ayon.

    Iqtisodiy voqelikdan kelib chiqib ilg‘or jahon amaliyoti asosidagi birinchi qadam – daromad solig‘i bobida progressiv shkalani qayta tiklash lozim.

    Soliq islohotlari jarayonida mehnatga solinadigan soliqlar bobida iste’mol savatchasi va yashash minimumi singari iqtisodiy vositalarni amaliyotga joriy etish e’tibordan chetda qoldi.

    Soliq islohotidagi xatolarni tuzatish vaqti keldi. Birinchi navbatda, jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solishning progressiv shkalasini, soliq solinmaydigan minimumni qo‘llagan holda, qayta tiklash zarur.

    Bu mamlakat soliq tizimini optimallashtirish bo‘yicha birinchi, dastlabki zarur choradir.

    Farhod Qurbonboyev, Iqtisod fanlari nomzodi.

    20.07.2022, 17:44   Izoh (0)   13126
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hokimiyatdagi qarindosh-urug‘chilik, noto‘g‘ri qarz siyosati va Ukrainadagi urushning oqibatlari: Shri-Lanka inqiroziga nima sabab bo‘ldi?

    20.07.2022, 17:08

    Yevropada yillik inflyatsiya iyun oyida rekord darajaga yetdi — 8,6 foiz

    20.07.2022, 16:27

    Yaponiya o‘z tarixidagi eng qimmat gazni sotib oldi

    20.07.2022, 14:32

    O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksporti 2022-yilda 2 barobar ko‘paydi

    20.07.2022, 14:21

    O‘zbekistonda qaysi hududlarda eng ko‘p qurilish bo‘layotgani ma’lum qilindi

    20.07.2022, 13:33

    Oziq-ovqat inqirozi: BMT 2022-yilni “misli ko‘rilmagan ochlik yili” deb nomladi

    20.07.2022, 12:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.