• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mahallabay ishlash tizimidagi namunali “Mallaboy” mahallasidan reportaj (video)

    Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-iyul kuni o‘tkazilgan ekin yerlari va tomorqadan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat yetishtirishni va aholi daromadlarini ko‘paytirish mavzusida videoselektor yig‘ilishida Bekobod tumani “Mallaboy” mahallasidagi hokim yordamchisi yo‘lga qo‘ygan ijobiy tajribasi haqida so‘zlab berdi.

    “Mana, Bekobodday og‘ir tumanda hokim yordamchisi qilayotgan ishlarni eshitdik. Hamma hokim yordamchilariga topshirig‘im bor. Ajratilayotgan ekin yerlarida ishsiz aholini dehqonchilikka o‘rgatish orqali daromadli qilish – sizlarning eng ustuvor vazifangizdir. Har bir gektarda 10-15 ishsizlarni band qilib, 3-marta hosil olish, urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i va mahsulot sotib olishni yo‘lga qo‘ysangiz, bilasizlarmi, el-yurt oldida qanday hurmat-e’tibor topasizlar!”, – dedi prezident.

    “Daryo” muxbirlari “Mallaboy” mahallasida bo‘lib, u yerda hokim yordamchisi, yoshlar hamda xotin-qizlar yetakchilari bilan suhbatlashdi.

    Prezident e’tirof etgan “Mallaboy” mahallasi haqida

    “Mallaboy” mahallasi Bekobod tumani markazidan 7-8 chaqirim olisda joylashgan. Bu yerda 3092 nafar aholi istiqomat qiladi, 860 nafari 16-30 yoshdagilar. O‘tgan asrning 30-yillarida vodiylik Mallaboy ismli kishi oilasi bilan qamishzor, cho‘l bo‘lib yotgan bu qishloqqa kelib, dehqonchilik qiladi. Qo‘riq yerlar o‘zlashtirilayotgan u paytlarda katta maydonlarda atigi 3-4 oila dehqonchilik qilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uddaburon Mallaboy yerdan unumli foydalanishni biladigan asl dehqon bo‘lgani uchun qo‘l ostidagilar bilan qiyinchiliklarni yengib o‘tib, yildan-yilga mo‘l hosil ola boshlaydi. Shu tariqa odamlar ko‘chib kelib, aholi yashash punkti paydo bo‘ladi. Qishloqqa uning asoschisi nomi beriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mashhur Mallaboyning avlodlari tumandagi “Jumabozor” MFYda istiqomat qilishadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ayni damda mahallaning yer maydoni 744 gektarni tashkil etadi. “Mallaboy” qishloq fuqarolar yig‘ini tugatilgunga qadar “Guliston” QFY tarkibida bo‘lgan. 2016-yilda “Mallaboy” rasman mahalla fuqarolar yig‘ini sifatida tashkil etilgan. Hududdagi deyarli barcha xonadonda issiqxona mavjud. Issiqxonalarda bir yilda 3 marotaba hosil olinadi. Ayni paytda mahalla raisi sifatida Abdullajon Sirojiddinov faoliyat yuritadi.

    “Aholi o‘z uyida issiqxona tashkil etilgandan so‘ng yillik 70 million so‘m qo‘shimcha daromad olishni boshladi”

    “Mallaboy” mahallasida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat olib borayotgan Javlon Musayev o‘tgan 6 oyda amalga oshirgan ishlar haqida gapirib berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    2022-yili prezident tashabbusi bilan mahallalarda hokim yordamchisi lavozimlari tashkil qilindi. Men yangi tizimga asosan Bekabod tumani “Mallaboy” mahallasida yanvar oyidan boshlab hokim yordamchisi sifatida ish faoliyatimni boshladim. Mahallada 535 ta xonadon, 3092 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy faoliyati dehqonchilikka ihtisoslashgan. Bugun kunda mahallada o‘z tomorqalarida issiqxona  tashkil qilish va undan daromad olish amalga oshirilib kelmoqda. Mahallamizdagi 535 ta xonadonning 502 tasida issiqxona tashkil qilingan.

    Ushbu lavozimda ish boshlagan vaqtim aholiga imtiyozli kreditlar asosida issiqxona tashkil qilishni maqsad qilgandim. Shunga asosan 6 oy mobaynida 14 ta xonadonda imtiyozli kreditlar asosida issiqxonalar tashkil etildi. Qo‘shimcha ravishda aholining ehtiyojidan kelib chiqqan holda Bekobod tumani tomorqa kengashi bilan hamkorlikda 2 gektar yer maydoniga korporatsiya asosida issiqxonalar tashkil etdik. 48 ta xonadon ushbu issiqxonalarda ishlab, qo‘shimcha daromad olmoqda.

    Issiqxona tashkil qilishga nima sabab bo‘lgan, uning nima foydasi bor? Issiqxonadan bir yil mobaynida 3-marta hosil olish mumkin. Oddiy tomorqa yer maydonida olinadigan 1 yillik daromad 10 million so‘mgacha yetadigan bo‘lsa, issiqxona tashkil etilgandan keyin 70 million so‘mga ko‘tariladi. Natijada aholining tomorqadan olayotgan daromadi oshdi.

    2022-yilning 6 oyi mobaynida mahallamizda o‘tgan yilga nisbatan solishtirilganda ikki baravarga oshdi. Bularni ichki bozordan orttirib Rossiya va Tojikistonga 1700 tonnadan ortiq sabzavot mahsulotlari eskport qilindi.

    Javlon Musayev, Bekobod tumani hokim yordamchisi

    “36 nafar yoshlarga yer berdik, 5 nafariga kredit, bir nafariga tikuv mashinasi olib berdik”

    “Mallaboy” mahallasi yoshlar yetakchisi Firdavs Dadaboyev yanvar oyida ushbu lavozimga tayinlanganidan keyin nima ishlar qilganini aytib berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    2022-yilning 19-yanvar kuni “Mallaboy” mahallasiga yoshlar yetakchisi lavozimiga tayinlandim. Ish boshlaganimdan keyin mahalladagi yoshlarni xatlov qildim. 16—30 yoshli fuqarolarimiz mahallamizda 718 nafarni tashkil qildi. Har bir xonadonga kirib yoshlarning bandligi, ishsiz yoki ishli fuqarolarni aniqlab oldik.

    Yanvar oyida aniqlagan bo‘lsak 32 nafar ishsiz yoshlarimiz bor edi, ularning bandligini ta’minlash maqsadida yoshlarimizga dehqon xo‘jaligi uchun yerlarni auksionda yutib olib berdik. 36 nafar yoshlarimizni ish bilan ta’minladik, ularga 10 yil muddatga 10 sotixdan yer olib berdik. Aprel oyida ekkan hosillari bugungi kunda pishib, daromadga kirishni boshladi.

    Bir nafar yoshimizga subsidiya asosida tikuv mashinasi, to‘rt nafariga tadbirkorligini rivojlantirish uchun kredit olib berdik. Yana 5 kishini paxta zavodiga ishga kirgizdik.

    Firdavs Dadaboyev, “Mallaboy” mahallasi yoshlar yetakchisi

    “Mahallamiz ayollari ham davlat, ham ro‘zg‘or ishi bilan birgalikda, uylarida tashkil qilingan issiqxonalarda ham faol ishlayapti”

    “Mallaboy” mahallasi xotin-qizlar yetakchisi lavozimida Qunduzxon Olimova 2018-yildan buyon ushbu lavozimda ishlashi va nima ishlar qilgani haqida gapirib berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Men “Mallaboy” mahallasi xotin-qizlar yetakchisi lavozimida 2018-yildan buyon ishlayapman. Mahallamizda 3092 nafat aholi bo‘lib, shularning 45 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. Biz xatlov natijasida “Ayollar daftari”ning uchinchi bosqichini tugatdik. Biz bu bosqich natijasida 85 nafar ayolni qamrab oldik. Ularni 6 toifaga ajratib, 10 yilga mo‘ljallangan 10 sotixlik yerdan 31 nafar ayolga berdik. Hozir ayollarimiz shu yerda o‘zini-o‘zi band qilib ishlab kelmoqda.

    Mahallamiz ayollari ham davlat ishi, ham ro‘zg‘or ishi bilan birgalikda, o‘zi uylarida tashkil qilingan issiqxonalarda ham faol ishlayapti. Bugungi kunda mahallamizda ajrimlar, jinoyatchilik yo‘q.

    “Ayollar daftari”ning 6-toifasida farzandi nogiron bo‘lgan ayollarning 12 nafari qamrab olingan. Ularning har biriga “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan 1 mln 200 ming so‘mdan moddiy yordam berildi.

    Qunduzxon Olimova, “Mallaboy” xotin-qizlar faoli

    Mavzuga doir: “Ajratilayotgan ekin yerlarida ishsiz aholini dehqonchilikka o‘rgatish orqali daromadli qilish — sizlarning eng ustuvor vazifangiz”. Shavkat Mirziyoyev hokim yordamchilariga vazifa yukladi

    20.07.2022, 16:42   Izoh (0)   14595
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

    20.07.2022, 16:14

    Navoiyda soliq boshqarmasida xodimlar ish vaqti boshlanishidan 2 soat avval ishga chaqirilgani aytilmoqda

    20.07.2022, 16:09

    O‘zbekistonda jazirama kunlari tez yordam xizmatiga qancha bemor murojaat qildi?

    20.07.2022, 15:41

    Qoraqalpog‘istonlik deputatlar Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

    20.07.2022, 15:34

    Samarqandda 200 ga yaqin odam zaharlangani aytildi

    20.07.2022, 15:23

    Ohangaronda 26 yoshli yigit jasadi daraxtga osilgan holatda topildi

    20.07.2022, 15:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Byudjet pulidan o‘qitilgan 74 ming kishi ish bilan taʼminlanmagan”. Deputat Bandlik vazirligi samarasiz ishlayotganini aytdi

    O‘zbekiston | 10 may, 17:18

    O‘zbekistonda yakshanba kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi?

    O‘zbekiston | 10 may, 17:10

    Sovet kosmik kemasi “Kosmos-482” Hind okeaniga qulab tushdi

    Dunyo | 10 may, 16:45

    “Yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar kerak” — Saida Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 10 may, 16:18

    “O‘tgan yili 326 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan”—Mehriddin Abdullayev

    O‘zbekiston | 10 may, 16:15

    “Shrek-5” multfilmining syujetini oshkor qildi — voqealar real hayotda yuz beradi

    Madaniyat | 10 may, 15:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.