• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Moliya

    Pul boshqarishni o‘rgatish, xarajatlarni nazorat qilish imkoniyati: Bolalar bank kartasi haqida asosiy ma’lumotlar

    Raqamli moliyaviy texnologiyalar har kuni rivojlanayotgan bugungi kunda bolalarni moliyaviy savodxonlikka o‘rgatish muhimdir.

    Buning bir usuli — farzandingiz uchun bank kartasini ochish. “Daryo” bolalar bank kartasi haqida so‘z yuritadi. 

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Psixologlarning ta’kidlashicha, 10 yoshga kelib bolalar pulning qadr-qimmatini to‘liq tushunib mustaqil va ongli ravishda xaridlarni amalga oshirishga tayyor bo‘lishadi. 

    Ota-onalar farzandlariga pulning qadrini tushunishga va ularni oqilona boshqarishga o‘rgatishlari kerak.

    Bolalar bank kartasi nima?

    Bolalar bank kartasi quyidagicha ishlaydi: ota-ona o‘z nomiga maxsus bank karta hisobini ochadi. 

    Bank kartasi esa farzandining ismiga ochiladi va kartaga farzandining ismi yoziladi. 

    Ushbu bank kartasi yordamida to‘lovlarni amalga oshirish yoki pullarni naqdlash mumkin.

    Bolalarga bank kartasini ochish uchun ota-ona nima qilishi kerak?

    Ota-onalar Humo, Uzcard yoki Visa bolalar bank kartalariga buyurtma berishlari mumkin. Ba’zi banklar qo‘shimcha imkoniyat sifatida bolalar bank kartalarini maxsus dizayn bilan taklif etishadi. 

    10 yoshdan katta farzandlar uchun bolalar bank kartasini ochish imkoni mavjud. Ayrim banklarda yosh chegarasi bundan ham kichik bo‘lishi mumkin. 

    Buning uchun nima qilish kerak:

    1. Ota-ona pasport, farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan bankning istalgan filialiga keladi va bolalar bank kartasiga ariza qoldiradi. Ba’zi banklarda ushbu kartaga onlayn rasmiy veb sayt orqali buyurtma berish mumkin.
    2. Bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishga rozilik berish.
    3. Bank kartasining tayyorligi haqida qo‘ng‘iroq yoki SMS xabarni kutish kerak. Bank kartasining tayyor bo‘lish vaqti bir necha kun bo‘lishi mumkin (taxminan 3kundan 10 kungacha).
    4. Tayyor bo‘lgandan so‘ng bankdan kartani olib ketish.
    5. Farzand uchun moliyaviy rejalashtirish va nazorat qilish uchun bankning mobil ilovasini o‘rnatish.

    Bolalarning xarajatlarini qanday qilib nazorat qilish mumkin?

    Cheklovni o‘rnatish

    Birinchi bo‘lib bolaga pul boshqarishni tushuntirish kerak shundan so‘ng agar zarur bo‘ladigan bo‘lsa cheklovni o‘rnatish kerak. 

    Bolalar cheklovni to‘g‘ri tushunib yetishi kerak, ya’ni cheklovni norma deb qabul qilishi kerak.

    Birinchi bo‘lib sarflash chegarasini to‘g‘ri o‘rnatishingiz kerak. Eng yaxshi yo‘li bu — boladan odatda nimani sotib olishini va qancha xarajat qilishini eslab qolishini so‘rashdir. 

    Yaxshisi bir haftalik cheklov qo‘yish kerak: chunki sarf-xarajatlar kunlarga qarab farq qilishi mumkin.

    Xarajatlar cheklovi 

    Ota yoki onaning mobil raqamiga SMS xabarnomani o‘rnatish orqali bolaning sarf-xarajatlari haqida ma’lumot olish mumkin. 

    Bundan tashqari, farzandingiz internetda onlayn xaridni amalga oshirishga harakat qilganda, ota yoki onaga to‘lovni tasdiqlash uchun SMS xabarnoma keladi. 

    Shuningdek, siz bank kartasiga sarf-xarajatlar bo‘yicha internet to‘lovlariga (xorijiy valyuta kartalari uchun) cheklovlarni o‘rnatishingiz mumkin.

    Bolalar bank kartalarining afzalliklari

    Bolalar bank kartasining asosiy afzalligi bu xavfsizlikdir. 

    Do‘konga borganda bolangizga maosh kelib tushadigan kartangizni bermaysiz, Ushbu bank kartasi bilan ota-ona xavfsiz va xotirjam bo‘la oladi, farzandingiz esa xarajatlarda mustaqil bo‘ladi.

    Xavfsizlik 

    Bank kartasida pulni saqlash o‘zingiz bilan naqd pul olib yurishdan ko‘ra ancha qulayroq va xavfsizroqdir. 

    Ayniqsa bolalar bank kartasini yo‘qotish xavfi mavjud bo‘lsa-da, bank kartasini blokirovka qilish orqali orqali bank kartasini himoyalash mumkin.

    Saqlash 

    Amaliyotlar shuni ko‘rsatadiki bolalar odatda beparvolik bilan olib yuriladigan banknotlar va tangalarga qaraganda bank kartalarini kamroq yo‘qotadi.

    Aniqlik 

    Bank kartasi yordamida to‘lovlarni amalga oshirishda hech qachon qaytimlar bilan bog‘liq chalkash vaziyat bo‘lmaydi.

    Tezlik

    Zarur vaqtda, ota-onalar bolaning qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar uning kartasiga tezda pul o‘tkazishlari mumkin.

    Rejalashtirish

    Bank kartasi yordamida bolalar o‘z xarajatlarini boshqarishni o‘rganishlari mumkin. Bank kartasidagi mablag‘larning mavjudligi bolada o‘z xarajatlarini oldindan rejalashtirish va tejash odatini uyg‘otadi. Kelajakda bu albatta foydali bo‘ladi.

    Bolalar bank kartalarining kamchiliklari

    Ortiqcha xarajat 

    Bolalar bank kartasidagi pulga reallik deb qaramasdan kerak bo‘lgandan ko‘proq pul sarflashlari mumkin.

    Moliyaviy xatarlar 

    Bolalar bank va bank kartasi bilan munosabat o‘rnatishda tajribaga ega bo‘lmaganligi sababli firibgarlar ulardan bank kartasi va unga tegishli ma’lumotlarni osongina olishlari mumkin.

    Bank kartasining yo‘qolishi 

    Bolalar kattalar kabi intizomli emaslar, shuning uchun bolalarda bank kartasini yo‘qotish yoki sindirish ehtimoli ko‘proq. Bank kartasiga qayta buyurtma berish oddiy amaliyot, ammo bu biroz vaqt talab qiladi.

    Moliyaviy xavfsizlik qoidalari: bolalarni nima haqida ogohlantirish kerak

    Bolaga moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalarini tushuntirish kerak shunda bola ularni doimo eslab yuradi. Barcha bank karta egalari uchun amal qiluvchi quyidagi qoidalar mavjud: 

    • karta ma’lumotlarini hech kimga oshkor qilmaslik kerak (jumladan, PIN kod, bank kartasi raqami va orqa tarafdagi CVC/CVV kod);
    • ijtimoiy tarmoqlarda bank kartasi fotosuratlarini yuborish va joylashtirish taqiqlanadi;
    • ota-onadan boshqa hech kimning qo‘liga bank kartasi xaridni amalga oshirish uchun berilmasligi kerak;
    • notanish web saytlarda bank kartasi ma’lumotlarini ro‘yxatdan o‘tkazmaslik kerak.

    Maqolada Markaziy bankning “Finlit.uz” saytidagi ma’lumotlardan foydalanildi

    19.07.2022, 21:10   Izoh (0)   32549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    So‘mdagi omonatlarning manfaatliligi rekord darajada ko‘tarildi — o‘rtacha stavkalar 21 foizga yetdi

    19.07.2022, 20:56

    O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ko‘payishni boshladi

    19.07.2022, 19:56

    O‘zbekistonda iyul oyidagi eng manfaatli avtokreditlar ma’lum bo‘ldi

    19.07.2022, 19:24

    Navbatdagi rekord: O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul miqdori 40 trln so‘mdan oshib ketdi

    19.07.2022, 13:57

    O‘zbekistonda 2022-yilning yarmida eng ko‘p foyda ko‘rgan banklar ma’lum bo‘ldi

    18.07.2022, 18:35

    Moody’s Belarusning tashqi qarzi bo‘yicha defolt e’lon qildi

    16.07.2022, 21:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.