Toshkent shahrida qalbaki AQSH dollarlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.F. boshqa bir fuqaro A.ga qalbaki 20 000 AQSH dollarini 8 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, undan 8 000 AQSH dollarini olib, qalbaki AQSH dollari hisobidan 100 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)