Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev “2022—2030-yillarda uran qazib olish, qayta ishlash hajmini oshirish va ‘Navoiyuran’ davlat korxonasini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2022—2030-yillarda uran qazib chiqarishni 2 barobarga – yiliga 7,1 ming tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Hujjatda, shuningdek, 2022—2030-yillarda geologiya-qidiruv ishlarini faollashtirish hisobiga uran zaxiralarining o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlari — 4,7 ming tonnadan 10,5 ming tonnagacha tasdiqlandi.

Yiliga 7,1 ming tonna uran qazib chiqarish ko‘rsatkichiga erishsa, O‘zbekiston uran qazib chiqaruvchi davlatlar orasida Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin.

MAGATE ma’lumotlariga asosan, hozirda O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yettinchi, qazib olish bo‘yicha esa beshinchi o‘rinda turadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda