Xorazm viloyatida ma’lumotnoma olib bermoqchi bo‘lgan mutaxassis ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda “Arxitektura-rejalashtirish byurosi” DUKning Urganch shahri bo‘yicha mutaxassisi U.A. “A.G.” MCHJ rahbari J.ga Yoshlar mehnat guzari qurish uchun ajratilgan yer maydoni bo‘yicha shahar hokimi qarori o‘z kuchida ekani to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tanishlari yordamida olib berish evaziga 500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)