Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 10-iyul kuni xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 11:50 larda Zarbdor tumani “Oqbuloq” MFY Sarbon ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar bo‘linmasi yetib borgan va yong‘in qisqa muddatda bartaraf etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, xonadon egasining 8 yoshli farzandi nazoratsiz gugurt o‘ynashi oqibatida yashash uyi og‘ilxonasining 50 kvadrat metr maydoni va somon g‘arami yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida uy egasi taxminan 4 million so‘mlik moddiy zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Izoh (0)