Yarim himoyachi Usmon Dembele “Barselona”da to‘p surishda davom etadi.
Fabrisio Romanoga ko‘ra, 25 yoshli fransiyalik futbolchi Kataloniya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va ikki yillik shartnoma imzolagan. Qator takliflarga qaramay Xavi futbolchini jamoada qolishga ko‘ndirgan.
Avvalroq erkin agent maqomidagi yarim himoyachining maoshi yangi shartnomaga ko‘ra 40 foizga kamayishi xabar qilingandi.
Qayd etish kerak, Dembelening jamoa bilan shartnomasi 1-iyul kuni o‘z nihoyasiga yetgandi.
Futbolchi o‘tgan mavsumda “Barselona” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)