Rahim Sterling “Manchester Siti”dan “Chelsi”ga o‘tdi. Londonliklar vinger transferini e’lon qildi.
London klubi matbuot xizmati ingliz futbolchisi bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Avvalroq kelishuv 47,5 million funt va 2,5 million bonusni tashkil qilishi haqida xabar berilgandi.
Sterling yangi jamoasida haftasiga 300 ming funt maosh oladi. Bu Rahimni “Chelsi”dagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi. APLda esa kuchli uchlikka kiradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)