Rahim Sterling “Manchester Siti”dan ketayotganini ma’lum qildi.
27 yoshli yarim himoyachi Twitter sahifasida “shaharliklar” bilan xayrlashdi.
“Manchesterga 20 yoshimda kelgandim. Endi esa ulg‘aygan inson sifatida u yerni tark etyapman”, — deb yozgan ingliz futbolchisi.
Sterling faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi. Londonliklar Rahim uchun 47,5 million funt va bonus sifatida yana 2,5 million funt to‘lab beradi.
Rahim “aristokratlar” bilan bir yilga uzaytirish huquqi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Angliyalik futbolchi 2015-yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Undan avval esa “Liverpul” safida to‘p surgan.
Izoh (0)