Son Hyon Min “Tottenhem”ning Seuldagi mashg‘ulotida hushidan ketdi.
Londonliklar bosh murabbiyi Antonio Konte 30 daraja issiqdagi ikki soatlik mashg‘ulotdan so‘ng futbolchilarni maydon bo‘ylab 42 marta yugurtirgan. 30 yoshli yarim himoyachi esa hushini yo‘qotib, maydonga yiqilgan. Harri Keyn va massajchilar unga o‘rnidan turishga yordamlashgan. Hujumchi ham o‘zini yomon his qilgani, uning ko‘ngli behuzur bo‘lgani aytilmoqda.
“Shporlar”ning ochiq mashg‘uloti 6 mingga yaqin mahalliy muxlislar ishtirokida o‘tkazildi.
“Tottenhem” Janubiy Koreyadagi mavsumoldi turnirida ishtirok etadi. Jamoaning ilk uchrashuvi 13-iyulga belgilangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)