“PSJ” yozda 11 nafar futbolchisini sotishga tayyor.
Parijliklarning transferlari bilan shug‘ullanuvchi Antero Anrike va Luis Kampos klub xayrlashmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Unga himoyachilar Leven Kurzava, Abdu Diallo, Tilo Kerer, yarim himoyachilar Leandro Paredes, Danilu Pereyra, Idrissa Guye, Ander Errera, Jorjinyo Veynaldum, Erik Ebimbe va Yulian Draksler, shuningdek, hujumchi Mauro Ikardi kiritildi, deb yozadi Get French Football News.
Ro‘yxatga hujumchi Neymar va himoyachi Presnel Kimpembe kiritilmagan. Ammo bu klub ularni saqlab qolishga qaror qilganini anglatmaydi. Futbolchilarning kelajagi bir qancha omillarga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida jamoaga Kristof Galte bosh murabbiy etib tayinlandi. U bu lavozimda Maurisio Pochettinoning o‘rnini egalladi.
Izoh (0)