“Barselona” yarim himoyachi Miralem Pyanich bilan xayrlashmoqchi, deya xabar bermoqda As.
Qayd etilishicha, kataloniyaliklar bu jarayon imkon qadar tezroq amalga oshishini xohlaydi.
Shu sababli 32 yoshli Bosniya va Gersegovina terma jamoasi futbolchisi 16-iyul kuni “Barselona” bilan AQSHga bormasligi mumkin. Jamoa u yerda mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, Pyanich o‘tgan mavsumni ijara asosida Turkiyaning “Beshiktosh”ida o‘tkazdi. Uning “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)