Shri-Lankaning poytaxti Kolomboda namoyishchilar bosh vazir Ranil Vikramasingxening uyiga bostirib kirib, uni yoqib yuborishdi. Bu haqda BBC bosh vazir idorasi xodimiga tayanib xabar bermoqda.
Vikramasingxening qayerda ekanligi noma’lum. Avvalroq u iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Bundan oldin minglab namoyishchilar mamlakat prezidentining qarorgohi va idorasini egallab olgan edi.
Namoyishchilar Shri-Lanka hukumatining og‘ir iqtisodiy inqiroz fonida iste’foga chiqishini talab qilmoqda. Mamlakatda rekord darajadagi inflyatsiya kuzatilgan, oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i yetishmayapti.
Izoh (0)