• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Angola sobiq prezidenti va eng badavlat rossiyalik ayolning otasi vafot etdi

    Angola sobiq prezidenti Joze Eduardu dush Santush Ispaniyada 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat ma’muriyati Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

    Joze Eduardu dush Santush

    Joze Eduardu dush Santush
    Foto: Getty Images

    U uzoq davom etgan kasallikdan keyin Barselonadagi kasalxonada vafot etdi. Angolada milliy motam e’lon qilindi.

    Santush o‘limidan avval ikki hafta mobaynida koma holatida yotgan. Sobiq prezident Barselonadagi uyida baxtsiz hodisani boshidan o‘tkazgach, o‘pka yetishmovchiligi tashxisi bilan kasalxonaga joylashtirilgan edi.

    Aynan nima yuz berganiga aniqlik kiritilmayapti, ammo Santushning qizlaridan biri Chize dush Santush otasini o‘ldirish maqsadida uyushtirilgan fitna haqida gapirgan.

    U sobiq prezidentning shaxsiy shifokori Joao Afonsu va Santushning bevasi Ana Paulani otasining salomatligi yomonlashishiga olib kelgan harakatlarni qasddan sodir etganlikda aybladi, ular, go‘yoki, Santush Angolada katta ta’sirga ega bo‘lgan siyosatchi sifatida 24-avgustda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda muxolifatni qo‘llab-quvvatlashidan xavfsiragan.

    Catalan News 4-iyul kuni Chize politsiyaga ariza berib, otasiga uyushtirilgan ehtimoliy suiqasdni tekshirishni so‘raganini yozgandi. Shuningdek, u hukumatdan shifokor va tibbiy xodimlar tomonidan xizmat majburiyatlariga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish, salomatlikka ehtiyotsizlik oqibatda zarar yetkazish va shaxsiy sirni oshkor qilish bilan bog‘liq holat yuz bergan-bermagani yuzasidan surishtiruv o‘tkazishni so‘ragan.

    Sobiq prezidentning qizi fikricha, so‘nggi yillarda Angola hukumati tomonidan unga biriktirilgan shifokorlar asta-sekinlik bilan uning sog‘lig‘ini yomonlashtirgan, oqibatda Santushni koma holatiga kiritish zaruriyati yuzaga kelgan. Catalan News yozishicha, shifokorlar davolashni davom ettirib bo‘lmasligi tufayli, prezidentni hayotni saqlab turish qurilmalaridan uzib qo‘yishni talab qilgan.

    Dush Santush 1979-yildan 2017-yilgacha Angola prezidenti lavozimini egallagan.

    U 1960-yillarda Ozarbayjon neft va kimyo institutida o‘qigan. Prezidentligi davrida u SSSR ko‘magidan foydalangan va mamlakatga bir necha marta tashrif bilan kelgan. Leonid Brejnevdan boshlab dush Santush Konstantin Chernenkodan tashqari (Angola prezidenti uning dafn marosimiga borgan) barcha sovet yetakchilari (keyinroq Rossiya yetakchilari bilan ham) bilan uchrashgan.

    Dush Santushning birinchi rafiqasi SSSR fuqarosi Tatyana Kukanova bo‘lgan. Ularning yagona qizi Izabel dush Santush Afrikadagi birinchi milliarder ayolga aylangan.

    2016-yilda otasi uni Angolaning eng yirik Sonangol neft kompaniyasiga rahbar etib tayinladi. 2017-yilda Izabel bu lavozimdan bo‘shadi va mamlakatni tark etdi. 2019-yilda u turmush o‘rtog‘i, Kongo Demokratik Respublikasi fuqarosi va kolleksioner tadbirkor Sindika Dokolo bilan birga Dubayga ko‘chib ketdi.

    Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda sobiq prezident qizining boyligi 2,2 milliard dollarni tashkil etgan, natijada u Afrikadagi eng badavlat ayolga aylangan. Bundan tashqari, u Rossiya fuqarosi bo‘lgani sababli, eng badavlat rossiyalik ayol deb ham hisoblanadi.

    Mavzuga doir:

    • Angola sobiq prezidentining qizi davlatning milliardlab dollarini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda
    • Afrikaning sobiq eng boy ayoli Angola prezidentini sudga berdi
    • Angolada dush Santushning 38 yillik hukmronligidan so‘ng yangi prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda
    • Angola prezidentining qizi Sonangol davlat korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi etib tayinlandi
    • Angola prezidenti salkam 40 yillik boshqaruvdan so‘ng lavozimini tark etishini ma’lum qildi

    09.07.2022, 16:13   Izoh (0)   26155
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shri-Lankada namoyishchilar prezident qarorgohiga bostirib kirdi (video)

    09.07.2022, 15:10

    Rossiya va Qirg‘iziston havo hujumiga qarshi mudofaa bo‘yicha birlashgan mintaqaviy tizim yaratadi

    09.07.2022, 13:59

    AQSH Ukrainaga 400 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratadi

    09.07.2022, 13:02

    Ilon Mask Twitter’ni sotib olishdan bosh tortdi

    09.07.2022, 12:10

    Sindzo Abega o‘q uzgan shaxs dastlab diniy guruh yetakchisiga hujum qilishni rejalashtirgan

    09.07.2022, 11:44

    AQSH Gaiti prezidentining o‘ldirilishi bo‘yicha tergovda muvaffaqiyat qozonilmaganidan xavotir bildirdi

    09.07.2022, 06:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Polsha Tayvandan dron xarid qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:10

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.