AQSH moliya vazirligi Erondagi jismoniy shaxslar, kompaniyalar va kemalarga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda “Iran.ru” xabar bergan.
Ikki nafar jismoniy shaxs, 13 ta kompaniya va ikkita neft tanker AQSHning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan (Specially Designated Nationals and Blocked Persons List (SDN).
AQSH moliya vazirligining bayonotida sanksiyalarning Eron nefti va neft mahsulotlarining o‘tkazilishiga aloqador jismoniy shaxslar va kompaniyalarning biznes tarmog‘iga taalluqli ekani qayd etilgan.
Izoh (0)