Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,45 so‘mga ko‘tarilib, 10 860,14 so‘mni tashkil qildi. Yevro 132,98 so‘mga pastlab, 11 182,69 so‘m bo‘ldi. Rubl 10,70 so‘mga tushib, 185,88 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval ushbu valyuta kursi ketma-ket ikki kun tushib, 10 836,69 so‘mni tashkil qilgandi.
Izoh (0)