Misrning Xurgada shahrida ikki kishi akulalar hujumi sabab halok bo‘ldi.
Avvalroq Avstriyaning 68 yoshli fuqarosi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Akula hujumi natijasida u tanasining bir qismini yo‘qotgandi. Uni qirg‘oqqa chiqarilgan va shok holatida kasalxonaga yuborilgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, u vafot etgandi.
Endi Misr Atrof-muhit vazirligi yana bir ayolning o‘limi haqida e’lon qildi. Voqea bo‘yicha boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Voqea tufayli Qizil dengizning shu hududdagi qismi suzish uchun yopildi.
Izoh (0)