Misr hukumati ikki sayyohning akula hujumi oqibatida halok bo‘lishi ortidan Qizil dengiz sohilidagi bir nechta plyajlarni yopdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Misrning Xurgada tumanida akula hujumidan ikkinchi ayol halok bo‘lgani haqida ma’lum bo‘lgach, Qizil dengiz provinsiyasi gubernatori general-mayor Amr Hanafiy tumandagi ayrim plyajlarni yopishga qaror qildi.
Atrof-muhit vazirligi bayonotida aytilishicha, hujum holatlari va ularning sabablarini o‘rganish uchun qo‘mita tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, 3-iyul kuni Xurgada kurort shahrida akula sayyohga hujum qilgan edi. Oqibatda u vafot etgan. Avvalroq shu hududda Avstriyaning 68 yoshli fuqarosi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Akula hujumidan u tanasining bir qismini yo‘qotgan. U qirg‘oqqa chiqarilgan va shok holatida kasalxonaga yuborilgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, ayol vafot etgan.
Izoh (0)