“Real”ning sobiq yarim himoyachisi Isko “Roma”ga o‘tishi mumkin.
Rimliklar Iskoga qiziqish bildirgan. 30 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi shartnomasi tugagach, Madrid klubini tekinga tark etdi.
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Iskoni “Inter”ga ketgan Genrix Mxitaryanning o‘rnida ko‘rmoqchi. Kelasi haftada transfer hal bo‘lish ehtimoli katta.
Bundan tashqari, ispaniyalik futbolchining agenti Xorxe Mendeshda yarim himoyachi uchun La Liga, Premyer-liga va A Seriya klublaridan bir nechta takliflar bor. Iskoga da’vogarlar orasida “Sevilya”, “Betis”, “Nyukasl” klublarini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, Isko “Real”da 9 mavsum davomida o‘ynagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)