Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar qilindi.
Bog‘dod tumani hududidagi yo‘lda shu tumanning Bekobod qishlog‘ida yashovchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 2005-yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia’ni boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.
Oqibatda mashina yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.
YTH oqibatida, haydovchi va mashinada bo‘lgan 2004 va 2005-yilda tug‘ilgan ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan.
Bundan tashqari, avtomobil salonida bo‘lgan 2004-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi chap oyoq sinishi tan jarohati bilan, 2005-yilda tug‘ilgan yana bir yo‘lovchi o‘ng oyoq sinishi tan jarohati bilan va 2004-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi esa bosh miya jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)