Shavkat Mirziyoyevning “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekistonda ushbu ayyom 9-iyul kuni nishonlanadi. Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali fuqarolar bayram munosabati bilan qancha kun dam olishi haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolar Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam oladi. Bunda:
- 9-iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
- 10-iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
- 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16-iyul (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kuni.
Izoh (0)