• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Konstitutsiya va mahalla: islohotlar yo‘lidan

    Shu kunlarda 25-iyun kuni keng omma muhokamasi uchun e’lon qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qizg‘in muhokama etilmoqda. Shu o‘rinda aholiga eng yaqin va eng ommaviy nodavlat boshqaruv tizimi bo‘lgan mahallalar hududini boshqarib kelayotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga oid Konstitutsiyaga kiritilayetgan yangiliklarning mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarimni bildirmoqchi edim. Xususan:

    Birinchidan, Konstitutsiyaning 30-moddasi quyidagi yangi tahrirda berilmoqda: “Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘z huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlari, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi shart”.

    Bu yerda fuqarolar manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar ham qarorlar qabul qilish vakolatlariga ega bo‘lganligi sababli fuqarolarga ularning qarorlari bilan tanishish huquqi berilmoqda.

    Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asosiy mazmun-mohiyati fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi zarur axborotga ega bo‘lishga kafolatlar yaratadi.

    Bu esa qonun ustuvorligini ta’minlashga va huquqiy davlatni barpo etishga xizmat qiladi. Mazkur konstitutsiyaviy norma o‘z mohiyatiga ko‘ra, fuqarolarning Konstitutsiyaning 29-moddasida mustahkamlangan har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqi hamda 32-moddada belgilangan jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi bilan uzviy bog‘liqdir. Ya’ni, fuqarolar o‘zlarining huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish orqali boshqa konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar.

    Shuningdek, mazkur huquqlar “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasida belgilangan.

    Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazkur moddasida belgilangan fuqarolarning o‘zlarining huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqishga bo‘lgan huquqlari mamlakatimizda axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash sohasidagi amalga oshirilayotgan izchil va uzluksiz islohotlar sharoitida yangicha mazmun bilan boyitishga hamda ushbu konstitutsiyaviy huquqni ta’minlashning yangi usul va mexanizmlari joriy etishga xizmat qiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasida belgilangan normalarni amalga oshirishda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevralda qabul qilingan “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2761-sonli qarori muhim ahamiyat kasb etdi.

    O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari murojaatlarni ko‘rib chiqish chog‘ida chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etadigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olmasa, shuningdek ular bilan tanishish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, ta’minlaydi”.

    Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘z huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlari, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyati Rossiya, Litva, Estoniya, Chexiya, Shvetsiya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar konstitutsiyalarida o‘rin olgan.

    Ikkinchidan, Konstitutsiyaning 30-moddasiga quyidagi tahrirdagi yangi qismni kiritish nazarda tutilmoqda: “Har bir shaxs davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, jamoat birlashmalarida, tashkilotlarda o‘zi haqida to‘plangan ma’lumotlar bilan tanishish va noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, shuningdek, noqonuniy yo‘l bilan olingan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmagan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab etish huquqiga ega”.

    Bu yerda, Dalat rahbarimiz 2019-yil 26-iyundagi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik so‘zlarida qad etdilarki: “Ayni vaqtda barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz zarur. Axborot maydonidagi turli bahs va tortishuvlar, avvalo haqqoniylik va xolislik tamoyillariga asoslanishi, qonun doirasida bo‘lishi, shaxsiy xusumatga, soxta obro‘ orttirish vositasiga aylanib ketmasligi, inson shaxsi va sha’nini tahqirlashdan yiroq bo‘lishi, bunday salbiy holatlarga bizning mediamaydonimizda o‘rin bo‘lmasligi kerak”.

    Mazkur kiritilayotgan yangilik shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi, uning axborotdan erkin foydalanishi uchun zarur sharoit va kafolatlarni yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan himoya qilishni ta’minlash uchun mustahkam huquqiy zamin yaratishga qaratilgan.

    Bunda jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradigan, jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga daxldor axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to‘plashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslikka, shuningdek, jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy ziyon yetkazishni oldini olish, shuningdek bu sohadagi ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashni ko‘zda tutadi.

    Shu o‘rinda fuqarolar to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar bilan tanishish va noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, shuningdek noqonuniy yo‘l bilan olingan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmagan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab etish huquqini buzganlik uchun tegishli javobgarlik belgilash lozimligini ko‘zda tutadi.

    Bu boradagi huquqlarning ayrim xolatlari “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevralda qabul qilingan “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2761-sonli qarorida o‘z aksini topgan.

    Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘z huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlari, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyati Rossiya, Litva, Estoniya, Chexiya, Shvetsiya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar konstitutsiyalarida o‘rin olgan.

    Uchinchidan, Konstitutsiyaning 35-moddasi quyidagi tahrirda berilmoqda: “Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega”.

    Bu yerda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z xududi doirasida aholi manfaatlarini xal etish yuzasidan o‘ttizdan ortiq vakolatga egaligi qayd etilgan. Undan tashqari, mazkur organlar mahalliy xududda joylashgan o‘z vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida tegishli huquqlarga egadir. Mazkur vazifa, huquq va vakolatlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga fuqarolarn manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash vazifasini keltirib chiqaradi va yuklaydi. Shunga ko‘ra, har bir shaxsning vakolatli davlat organlariga, muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqining konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilishi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan fuqarolar huquqlarini ximoya qilishdagi imkoniyatlari va mas’ulligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mamlakatimizning barcha hududi va aholisini qamrab olgan, shuning uchun ular o‘z xizmatlarini har bir fuqaroga qaratish imkoniyatiga ega. Murojaatlar orqali barcha fuqarolar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatini yaratish har bir shaxs huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki mamlakatimizda yashab kelayotgan barcha xorijlik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ham huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi.

    Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar mahallalarni inson huquqlarini kafolatlash va himoya qilish, shaxs manfaatlarini ta’minlashdagi imkoniyatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

    X. Ro‘zmetov,

    yuridik fanlar doktori

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi

    01.07.2022, 16:30   Izoh (0)   14409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda harbiy xizmatga borgan 18 yoshli yigit uyiga o‘lik holda qaytgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    01.07.2022, 16:23

    Qashqadaryoda notarius 2019-yilda ishlab chiqarilgan avtomobilni 2016-yilda garovga olgan bo‘lib chiqdi. Adliya boshqarmasi holatga izoh berdi

    01.07.2022, 15:02

    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    01.07.2022, 14:53

    Zakovatchilardan dasturchilargacha. “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil qilingan 8 ta pavilyondan reportaj

    01.07.2022, 14:40

    Qashqadaryodagi reydda ishtirok etgani kelgan Buxoro viloyati YPX xodimini mashina urib ketdi

    01.07.2022, 14:21

    Navoiy IIBning yosh xodimlari “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

    01.07.2022, 13:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.