Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahridagi dahalarning birida joylashgan avtoturargoh surati tarqaldi. Unda limuzinga aylantirilgan qizil “Jiguli” tasvirlangan. Bundan tashqari, mashina bamperlari kuzov rangiga bo‘yalgani bilan ajralib turibdi, deb xabar beradi Motor.
Uzaytirilgan “Jiguli”ni oddiy avtoturargohdagi boshqa avtomobillar qatorida suratga olishga. Old va orqa oynalari qoraytirilgan qizil mashina ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini tortgan.
Foydalanuvchilarning aksariyati mashinaning original kuzoviga baho bergan. Ayrimlar esa surat maxsus funksiyalar yordamida olingani natijasida transport vositasi kadrda uzun ko‘rinib qolgan deya hazillashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Kosta-Rikada “VAZ-2106” JDM uslubida qayta yig‘ilayotgani, amerikalik erkak eski “VAZ-2105”ni 500 ot kuchiga ega “maxluq”qa aylantirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)