Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda paxta xom ashyosi va ip-kalavani qayta ishlashni tizimli tashkil etish uchun bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov boshchiligida Respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, komissiyaning asosiy vazifasi yuqorida aytib o‘tilgan 9 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish rejasini har bir viloyat, tuman va shahar, qolaversa, klaster kesimida belgilash va ijrosini tashkil etish hisoblanadi. Klasterlar paxtadan ip-kalavagacha ishlab chiqarish zanjirini joriy etishga mas’ul bo‘ladi.
Agar klasterning o‘zida xohish bo‘lsa, bemalol o‘zi qayta ishlashni to‘liq siklda amalga oshirishi mumkin. Bundan buyon alohida industrial zonalar tashkil qilinib, ularda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.
Komissiya elchilar va klasterlar bilan birga bu industrial zonalar boshqaruviga chet el kompaniyalarini jalb qilib, nufuzli brendlarni olib keladi.
Izoh (0)