O‘zbekistonda AQSH bilan hamkorlikda yangi BPO korporatsiyasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
2022-yil 24-iyun kuni Kaliforniya shtati Irvin shahrida tashkil etilgan “Uzbekistan-USA: Logistics Technology & BPO Shared Opportunities” nomli tadbirda bu haqda muzokaralar o‘tkazildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Access Capital Management Corp” o‘rtasida IT va BPO sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolanishi va qo‘shma korporatsiya tashkil etilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi.
Bo‘lajak korporatsiya 3 yil ichida 1100 ta ish o‘rni yaratilishi hamda AQSH va O‘zbekistonda yuridik shaxs tadbirkorlik subyektlari ochilishini nazarda tutadi.
Yangi korporatsiya miqyosida sug‘urta, faktoring, QA (sifat nazorati) va multimedia kabi yo‘nalishlar bo‘yicha biznes jarayonlarni autsorsing faoliyatini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganligi qayd etildi.
Avvalroq Sherzod Shermatov Apple kompaniyasiga O‘zbekistonda Apple Pay’ni ishga tushirishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)