Rossiya gazini yetkazib berishning to‘satdan to‘xtashi Germaniya iqtisodiyotining 12,5 foizga pasayishiga olib keladi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Shuningdek, gaz eksportining to‘xtashi mamlakatda 5,6 mln ish o‘rni yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
Prognos AG iqtisodiy tahlil kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, 1-iyuldan gaz ta’minoti to‘xtatilishi mumkin.
Germaniya sanoati, jumladan, shisha, po‘lat va oziq-ovqat sanoati 49 mlrd yevro zarar ko‘radi.
Bundan tashqari, sanoat yo‘qotishlari boshqa tarmoqlardagi ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlariga ta’sir qilib, 144 mlrd dollarlik yo‘qotish xavfini keltirib chiqaradi.
23-iyun kuni Germaniya hukumati gaz favqulodda vaziyat rejasining ikkinchi, oxirgidan oldingi bosqichiga o‘tgan. Rasmiylarning aytishicha, gaz mamlakatda tanqis tovarga aylanib bormoqda.
Avvalroq Germaniya Rossiyaning magistral gaz quvurini butunlay yopishidan xavotirdaligi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)