• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Jurnalist ham odammi?

    Bugun 27-iyun Matbuot va OAV xodimlari kuni. Jurnalistlar kasb bayrami. Ha, jurnalist ham odam, jurnalist ham bayram qilib turadi. Bir yilda bir marta.

    Shu kuni turli tashkilotlardan jurnalistlarga bayram sovg‘alari yuboriladi. Bloknot, ruchka, kalendar... Boyroq tashkilotlar bo‘lsa, sovg‘alar ichiga bitta fleshka ham qo‘shib yuborishi mumkin. Bitta zahmatkashga e’tibor bo‘lsa shunchalik bo‘ladi-da...

    Shu o‘rinda ko‘pchilikda bitta savol tug‘ilishi mumkin. Jurnalist o‘zi kim? To‘g‘ri, jurnalist haqida ko‘pchilikda ma’lum tasavvur bor. Kino va seriallar orqali shakllanib qolgan stereotip. Lekin bu jurnalist haqida to‘liq tushunchani bera olmaydi. Quyida sizga eng qadimgi kasblardan biri bo‘lmasa ham, eng qadimgi kasblardan biri bo‘lgan boshqa kasbga ko‘p solishtiriladigan jurnalistikaga ta’rif berishga urinib ko‘ramiz.

    Jurnalist — bu hech kim. Aniq bir yo‘nalishi yo‘q kasb. Nomi jimjima, o‘zi hech nima. Unda har bir kasbdan bir bo‘lak bor. Jurnalistikaga oid o‘ziga xos ba’zi atamalar bor. Bu atamalarning O‘zbekistondagi ma’nosi boshqa davlatlardagidan farq qiladi.

    Tadbir — ikki soat zerikarli ma’ruzalarga sabr qilsang, bepul mazali qahva bilan pechenye beradigan, ketayotganingda uchi o‘tkir ochilgan qalamni o‘zing bilan olib ketishing mumkin bo‘lgan yig‘ilish.

    Press-tur — “katta avtobusda tekinga ‘kataysa’ qildirib, tekinga yeb-ichirib kelganimiz va qo‘lingga logotip tushirilgan ruchka bilan bloknot tutqazvorganimiz uchun biz haqimizda oshirib-toshirib maqola yozishinig kerak” deb nomlangan sayohat.

    404 not found — baqirib tug‘ilgan, lekin uzoq yashamagan maqolalar qabristonidagi barcha qabrtoshlardagi yozuv.

    Brifing — mavzu bo‘yicha faqat “tepa”dan tasdiqlangan ma’lumotlar o‘qib eshittiriladigan hamda noqulay savollar berilishi aniq bo‘lgani uchun savol berish taqiqlangan tadbir.

    Matbuot anjumani — mavzu bo‘yicha faqat “tepa”dan tasdiqlangan ma’lumotlar o‘qib eshittiriladigan hamda noqulay savollar berilishi bilan gapni aylantirib, tadbirga yakun yasaladigan anjuman.

    Intervyu — jurnalistning avvaldan tayyorlab kelgan savollariga respondentdan tasdiq olgach, javoblarni ham o‘zi yozib chiqadigan janr turi.

    Bloger — jurnalist 4 yil o‘qib kelgan sohasiga hech qayerda o‘qimay burnini suqib, nonini yarimta qilayotgan, avvaliga tanqid qilib, e’tibor tortadigan, keyin esa pulini olib, tanqid qilinganni maqtaydigan jurnalistikadagi otarchilar (Hammasi emas, albatta!)

    Bu ta’riflardan keyin sizda bir savol tug‘ilishi mumkin: jurnalist ham odammi? Javob shunday: yo‘q, jurnalist odam-podammas. U o‘z nomi bilan jurnalist.

    Dunyoni suv bossa ham bir kishilik qayiqda o‘tirib maqola yozadigan, o‘rmonga o‘t ketsa ham, yaqiniga borib, rasmga olishga intiladigan, hammani iniga qamaydigan yuqumli kasallik tarqalsa ham, bitta niqobni o‘zini taqvolib, material tayyorlash uchun kasallar yotgan shifoxonaga tavakkal kirib ketadigan, urush bo‘lsa ham, kaska kiyib otishma joyidan reportaj tayyorlaydigan INDIVID turi. Unga boshqacha ta’rif berib bo‘lmaydi.

    Muhim fakt. “So‘z erkinligi” avval Humo qushiga o‘xshardi. Hamma gapirardi, har yerga rasmi chizilardi, lekin haqiqiysini hech kim ko‘rmagandi. So‘nggi yillardagi ijobiy o‘zgarishlar natijasida, bu qush Humodan tovusga aylandi. Ko‘z bilan ko‘rish mumkin, rasmga olib, tarqatish ham mumkin. Bir kun kelib bu qush har qadamda uchraydigan kabutarga aylanishiga ham umid va ishonch bor.

    Bayram bilan, hamkasblar!

    Yoqubjon Bobojonov

    27.06.2022, 11:13   Izoh (0)   13972
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.