23-iyun kuni Toshkent shahridagi avtoturargohlardan birida turgan Isuzu yuk mashinasining gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda “SamAuto” matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, Isuzu yuk mashinasi jiddiy shikastlangan, shuningdek, portlash zarbi oqibatida boshqa avtotransport vositalariga ham zarar yetgan.
Korxonaning ma’lum qilishicha, avtozavod tegishli davlat idoralari bilan birgalikda hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
“Texnik guruh dastlabki ekspertizani o‘tkazish va portlashlar sabablarini aniqlash uchun ichki ishlar organlariga surishtiruv ishlarida ko‘mak berish uchun voqea joyiga jo‘nab ketdi”, — deyiladi “SamAuto” xabarida,
Avvalroq Jizzaxda gaz zapravkada “Jiguli” portlab ketgani, Sirdaryoda Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida avtomobil butkul yaroqsiz holga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Shuningdek, kecha avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yana bir Isuzu portlab ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Bu holat bo‘yicha hozircha rasmiy ma'lumot berilgani yo‘q.
Mavzuga doir:
Izoh (0)