Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uning mamlakati Rossiya Federatsiyasidan gaz yetkazib berishga qattiq bog‘lanmaganini, biroq Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarining Rossiya energiya resurslariga qaramligi oqibatlari unga ta’sir qilishi mumkinligini aytdi.
“Biz gazga qattiq bog‘lanmaganmiz va Rossiya gaziga qaram emasmiz”, — degan u Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Shu bilan birga, Makron Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgan taqdirda bu YIning bir qator boshqa mamlakatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Va bu, o‘z navbatida, Fransiyaga ham ta’sir qiladi.
Prezident xuddi shunday o‘zaro bog‘liqlikni elektr energiyasi ishlab chiqarishda ham kuzatish mumkinligini aytib o‘tdi.
“Biz elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida gazning rolini kamaytirishimiz kerak”, — deydi Makron.
Izoh (0)